Qishloqdagi tengdoshim

Qishloqdagi tengdoshim tong sahar bilan uyg’onadi. Ish ko’p, keyin kuni bilan uxlashdan nima foyda? 

    Qishloqdagi tengdoshlarim ishsiz.Yigitlar mardikorlik qilgani Russiyaga yo’l olsa, qizlarimiz uyda, yoki oftob qizig’ida dalada ishlaydi. Kechga yaqin uyga kelib mol-hol bor, qozon -tovoq, deganlaridek. Keyin esa turk seriali, koreys sevgisi. mana shunday kun ketidan kun o’taveradi. Sovchi kelsa, to’y ham yaqin.

 Hayot shu ekanda deb kun o’tkazadigan qishloqdagi tengdoshim gazetadan “Darakchi” o’qiydi. Qo’siqchilar hayotiga havas bilan qiziqadi. Shuda mustaqillik.

Oliy o’quv yurtiga kirgan qishloqdoshlari shaharda yangiliklar olib kelsa, ularni eshitadi. Ammo u, puli yo’qligi sabab qishloqning chegarasidan chiqa olmaydi.

Qishloqdagi tengdoshlarim baxtli o’zicha.

Нет комментариев

No comments yet

Leave a reply